“Jiguli”ning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvida bir oilaning 2 a’zosi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
05 may 2020
5684Kecha, 4 may kuni soat 19:30 da Samarqand viloyatining Urgut tumanida yengil avtomobilning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi natijasida bir oilaning 2 a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda tergov departamenti xabar berdi.
YTH “Tinchlik” mahallasi hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining 33 kilometrida yuz bergan. Haydovchi 27 yoshli F.R.ning boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini mast holatda Samarqand yo‘nalishi tomonidan Tojikiston Respublikasi yo‘nalishi tomonga qarab boshqarib kelayotgan vaqtida, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi 29 yoshli Z.A. boshqaruvidagi “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashinasining o‘ng yon tomoniga urilgan.
To‘qnashuv natijasida “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashina yo‘lovchilari (haydovchining turmush o‘rtog‘i va farzandi) 22 yoshli D.S. va voyaga yetmagan 2 yoshli A.N. og‘ir tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi