Foydalanilgan suvni soliqqa tortishning bozor mexanizmlari ishlab chiqiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda resurs soliqlarini hisoblash mexanizmi ilg‘or halqaro tajriba asosida qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.

Loyihada:

•  qishloq xo‘jalik yerlarining toifasi va ball-bonitetidan kelib chiqqan holda, yerning normativ qiymatini aniqlash tartibi;

•  foydalanilgan suv resurslarini soliqqa tortishning bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;

•  foydalanilgan suv xajmlari hisobini yuritish, bunda sohaga zamonaviy AKT joriy qilish;

•  suv resurslaridan o‘lchagich asboblari o‘rnatilmagan holda foydalanilganida suv iste’moli hajmini aniqlashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, vazirlik va idoralar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made