Tailandda chaqaloqlarni koronavirusdan himoya qilishning antiqa usuli topildi

Bu qiziq

image

Tailand shifoxonalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni koronavirusdan himoya qilish maqsadida ularga maxsus himoya niqoblari taqish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, katta yoshdagilar yo‘talganda yoki aksirganda ushbu niqoblar chaqaloqlarni himoya qilishi ko‘zda tutilgan. Himoya niqoblari plastik materialdan ishlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tailandda koronavirusga 2 518 nafar odam chalindi. 1 135 bemor shifo topgan bo‘lsa, 35 kishi vafot etdi.

Avvalroq, Tailandda koronavirus bilan bog‘liq yana bir g‘aroyib holat haqida ma’lum qilgan edik. Unda 38 yoshli ayol koronavirusdan tuzalgach, oradan bir hafta o‘tib, qayta infeksiya yuqtirib olgani haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand

Baholaganlar

186

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing