O‘zbekistonda elektrotraktorlar ishlab chiqariladi

Jamiyat

image

“O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatida tarkibidagi korxonalarda zamonaviy elektrotraktorlar ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. 

Bu haqda “O‘zagrotexsanoatxolding”da Avstriya davlatining dunyoga mashhur “AVL” kompaniyasi bilan bo‘lib o‘tgan ushrashuvda so‘z borgan, deb yozmoqda O‘zA. 

Soha mutasaddilari “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan 100 ot kuchiga ega bo‘lgan traktorlarni to‘liq elektrlashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Unga ko‘ra, 2019 yil yakunigacha “AVL” kompaniyasi yangi elektrotraktorlarning konseptual loyihalarini tayyorlaydi. Ilk namunalar esa aksiyadorlik jamiyat tarkibidagi korxonalarda 2021 yilda ishlab chiqariladi.

e382b621-b023-4d65-b6e4-a4ea78c6f7c3.jpg

“Bu kabi zamonaviy traktor modellari 180 kilovattli elektrodvigatellarga ega bo‘ladi. Texnikalar harakatlanganda deyarli shovqin chiqarmaydi. Shu bilan birga ularni ta’mirlash osonlashadi. Shuningdek, bu kabi elektrotraktorlardan foydalanish yoqilg‘i hamda ehtiyot qismlari uchun katta mablag‘ sarflashning oldini oladi”, deydi “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Muxtor Karimov.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi tufayli tabiatga chiqayotgan zaharli gazlarning kamayishiga erishiladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

O'zagrotexsanoatxolding O'zbekiston-Avstriya AVL elektrotraktor

Baholaganlar

37

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing