“O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” tashkil etildi

Jamiyat

image

Jamoat birlashmasi shaklidagi “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” nodavlat-notijorat tashkiloti O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur assotsiatsiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Qayd etilishicha, “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lib, o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida assotsiatsiyalar tuzilishi va faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlaydi.

“Bizga jamoat birlashmasini tuzishda mazkur assotsiatsiya «O‘zbekistonda mustaqil o‘qituvchilar assotsiatsiyalari imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi doirasida amaliy ko‘mak berib kelgan “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi”ga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, “O‘qituvchilar assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasi butun respublika hududida faoliyat olib boradi. Assotsiatsiya birlashmaning hududiy bo‘linmalari ochilishida va ish olib borishida ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarni murojaat qilishga chaqirishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

assotsiatsiya o'ituvchi

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made