Prezident qaroriga muvofiq “O‘zbekko‘mir” AJ Rossiyaning xususiy kompaniyasi boshqaruviga topshiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 7 mart kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “ProgressGorTex” MCHJ (Rossiya Federatsiyasi) sho‘’ba xo‘jalik jamiyati-ishonchli boshqaruvchi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekko‘mir” AJ ustav kapitalidagi 45 % aksiyalari paketining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi. Bu haqida Adliya vazirligining telegramdagi kanalida xabar berildi.

Shuningdek qaror bilan, “O‘zbekko‘mir” AJga istisno tariqasida, aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirilishiga qadar, “ProgressGorTex” MCHJ bilan kelishgan holda tegishli ravishda ekspertizadan o‘tkazilgan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni tender savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Endilikda, ko‘mirlar narxi operatsion sarflar, kapital xarajatlar va 10 foizdan kam bo‘lmagan rentabellik darajasi asosida shakllantiriladi, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari qayta ko‘rib chiqilishi bilan uyg‘un ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya O'zbekko'mir

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing