Mbappe YeCHL tarixidan joy oldi
Sport
−
23 Oktabr 2019
3470Fransiyaning PSJ klubi Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida “Bryugge” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi.
Shu gollardan 3 tasi 20 yoshli Kilian Mbappe hisobiga yozildi. Mbappe 52-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, 61-, 79-, hamda 83-daqiqalada gol urib, xet-trikka erishdi.
Natijada Mbappe yevrokuboklarda xet-trikka erishgan eng yosh fransiyalik futbolchi bo‘ldi. Bundan tashqari Kilian zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, het-trik qayd etgan YeCHL tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, asli kelib chiqishi kamerunlik bo‘lgan Kilian Mbappe 1998 yilda Fransiyada tug‘ilgan.
LiveBarchasi