Jarqo‘rg‘onda 1 quti ipak qurti urug‘idan rekord darajada pilla yetishtirildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida ipak qurtini parvarishlab, hosilni yig‘ib olish mavsumi boshlandi, – deb xabar qiladi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi Matbuot xizmati. 

Respublika bo‘yicha 2019 yil 19 ming 200 tonna pilla yetishtirish mo‘ljallangan. Ayni paytda Jarqo‘rg‘on tumanidagi pillaxonalarda 1 quti ipak qurti urug‘idan 102, 103 kilogrammdan hosil olinmoqda. 

Ipak qurti urug‘lari Xitoydan olib keltirilgan bo‘lib, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga qarashli maxsus laboratoriyalarda jonlantirilib, hududlarga tarqatilgan. 

Bitta qutida 20 gramm ipak qurti urug‘i bo‘ladi. Ayni paytgacha shuncha miqdordagi ipak qurtidan eng ko‘p 100 kilogramm hosil Xitoyda olingan. Bizning pillakorlarimiz bu marradan ham o‘zib ketgani tahsinga loyiq.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing