12 kg simobni 12 ming AQSH dollariga pullamoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Chilonzor va Sergeli tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida simobni pullashga uringan shaxslarning kirdikorlari fosh etildi.

Xususan, Chilonzor tumani hududida fuqaro B.A. fuqaro A.Sh.ga 12 kilogramm simobni 12 ming AQSH dollarga pullashga kelishib, shundan 7000 AQSH dollarini oldindan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, yana bir holatda Sergeli tumanida fuqaro R.T. tomonidan shartli xaridorga 5 kilogramm simobni 5000 AQSH dollariga noqonuniy tarzda sotish rejasi chippakka chiqarildi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

51

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made