Tramp koronavirus tufayli Nyu-York gubernatori bilan janjallashdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo bilan koronavirus sabab janjallashdi. Trampning fikricha, shtat gubernatori haddan ortiq vahima qilmoqda.

Kuomo Trampni, koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan shtatga yetarli darajada yordam bermagani uchun bir necha bor tanqid qildi. Gubernatorga, shuningdek, Trampning iqtisodiyotni tez orada qayta tiklash va bu uchun shtat rahbarlari mas’ulligini haqidagi bayonoti yoqmagan.

“Menga gubernator ekanligimni aytishi uchun Prezident kerak emas“, deydi Kuomo.

Tramp bunga javoban Kuomo juda shikoyatchi bo‘lib qolganini aytdi. Uning fikricha, gubernator ko‘p gapirib yuboryapti.

“Gubernator Kuomo ko‘p shikoyat qilmasdan biznes bilan shug‘ullanishga vaqt sarflashi kerak. Boring va biznes bilan shug‘ullaning. Gapirishni bas qiling! Biz sizga kerak bo‘lmagan minglab tibbiyot to‘shagini berdik, sizga kerak bo‘lgan sun’iy nafas berish moslamasini berdik va yana aholini koronavirus testidan ommaviy o‘tkazish uchun yordam qildik. Aslida bularning barchasini o‘zingiz qilishingiz kerak edi“, deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tramp, shuningdek, Nyu-Yorkga boshqa shtatlarga qaraganda ko‘proq yordam berganini iddao qildi. U Kuomoning, shtat 40 mingtagacha sun’iy nafas berish moslamasiga muhtoj bo‘lishi haqidagi gaplarini “bema’ni“ deb atadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda bemorlarni shifoxonaga yotqizish kamaygan. Sun’iy nafas berish moslamalariga ham ehtiyoj katta emas.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 679 374 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 56 546 nafari sog‘aygan, 34 180 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 588 648 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

395

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing