Uzoq kutilgan uchrashuv amalga oshadi. Putin Kim Chen Inni RFga taklif qildi

Olam

photo_2019-04-18_18-03-47

Joriy yilning aprel oyida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisi Kim Chen In uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.

“Vladimir Putin taklifiga binoan aprel oyining ikkinchi yarmida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat kengashi Raisi Kim Chen In Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi”, deyilgan Kreml xabarida.

RF Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, uchrashuvning aniq sanasi, vaqti va joyi hozircha ma’lum emas. Bu borada jarayon davom etyapti.

Bir necha kun avval Janubiy Koreyaning “Ryonxap” agentligi RF va KXDR yetakchilarining uzoq kutilgan uchrashuvi 24 aprel kuni Uzov Sharqda bo‘lib o‘tishi haqida xabar tarqatgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Kim Chen In va Putin uchrashuvi haqida ancha vaqtdan beri turli ma’lumotlar aytilayotgandi. Ammo uchrashuvning qachon amalga oshishi borasi rasmiy xabarlar bildirilmagandi. Bu orada Kim Chen In ikki marta AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Birinchi uchrashuv o‘tgan yilning yozida Singapurda, ikkinchi uchrashuv shu yilning fevral oyida Vetnam poytaxti Xanoy shahrida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Kim Chen In Rossiya-KXDR

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing