O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Bu qiziq
−
15 mart 2023
33321O‘zbekistonning 2 viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16-23 mart kunlari havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyatining Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
- Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deydi O‘zgidromet bosh direktori Habibullayev.
LiveBarchasi