O‘zbekistonning inson huquqlari borasida pozitsiyasi o‘zgaradimi?

Jamiyat

image

Avvalroq, 2018 yil dunyodagi inson huquqlari vaziyati bo‘yicha yillik ma’ruzada (2019 yil 13 mart kuni chop etilgan) AQSH Davlat departamenti O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvoli ko‘p jihatdan sezilarli darajada yaxshilanganini e’tirof etgani haqida xabar bergan edik. 

Xo‘sh, O‘zbekistonning bu boradagi pozitsiyasi o‘zgaradimi? Vaziyatdan bundanda yaxshilanadimi yo ortga qaytadimi? Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan rasmiy axborotda bu savollarga javob berilgan. Unda shunday deyiladi:

“O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish sohasida erishilgan natijalar, shubhasiz, mamlakatda qabul qilingan “2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bog‘liq,  bu esa chuqur demokratik islohotlarning boshlanishiga olib keldi. 

O‘zbekiston inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini mamlakatda ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishda qat’iydir va bundan keyin ham “aniq islohotlar” yo‘lidan boradi, shuningdek, amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar yahlit, barqaror va ortga qaytmas xarakteriga ega. Shuningdek, respublikada inson huquqlarini himoya qilish institutlari va mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shu jumladan, xalqaro va nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan kelib chiquvchi eng muhim topshiriqlarni amalga oshirilishining hal etuvchi shartlari shundan iboratdir.  Ushbu islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyojlari va manfaatlari hisoblanadi”.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tashqi ishlar vazirligi Inson huquqlari

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing