O‘zbekistonlikka aylanib qolgan turkman o‘z yurtiga qaytdi

Sport

image

12 yil davomida O‘zbekiston jamoalarida to‘p surgan yarim himoyachi Artur Gevorkyan ona vatani Turkmanistonga qaytdi. Bu haqda Turkmenportal nashri xabar tarqatdi.

34 yoshli yarim himoyachi Ashxabotning “Axal” klubi bilan yil yakuniga qadar erkin agent sifatida shartnoma imzolagan. Futbolchi Navoiyning “Qizilqum” klubi safini fevral oyi oxirida tark etgan edi.

Turkman futbolchisi O‘zbekistonning “Sho‘rtan”, “Paxtakor”, “Nasaf”, “Lokomotiv” va “Qizilqum”  klublari safida to‘p surgan. Bu jamoalar tarkibida u turli yillarda 1 martadan O‘zbekiston chempioni, kubogi va superkubogini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari 2013 yilda Artur 18 ta gol bilan chempionat to‘purari ham bo‘lgan. O‘sha mavsum yakuniga Artur Gevorkyan O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Artur Gevorkyan

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar