O‘zbekistonlik sportchilar Universiadani 14 ta medal bilan yakunladi

Sport

image

Bugun, 7 avgust kuni Xitoyning Chendu shahri mezbonlik qilgan talaba sportchilar o‘rtasidagi XXXI Universiada o‘yinlari yakunlanadi. Musobaqaning oxirgi kunida O‘zbekiston jamoasi medallar jamg‘armasi yana bitta bronza medaliga boyidi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi. 

Qilichbozlikning sablya yo‘nalishida jamoaviy dasturda O‘zbekiston jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Yarim finalda AQSH termasiga 44:45 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘zbekistonlik qilichboz qizlar bronza medali uchun kechgan bahsda Italiyadan 45:42 hisobida ustun keldi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi Universiadani 8 ta kumush va 6 ta bronza, jami 14 ta medal bilan tugatdi. 

Ma’lumot uchun, XXXII Universiada o‘yinlari 2025 yilda Germaniyaning Reyn-Rur shahrida o‘tkaziladi. Qishki Universiadaga esa Italiyaning Turin shahri mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy Olimpiya qo'mitasi Universiada Chendu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made