O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta 2026 yilning oxirigacha to‘liq joriy etiladi

Salomatlik

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtani 2026 yil oxirigacha to‘liq joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning “Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Farmonga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vaziri va  Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi  ijrochi direktori 2026 yilning yakuniga qadar tibbiy sug‘urtaning respublika bo‘ylab to‘liq joriy etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi mustaqil yuridik shaxs maqomi hamda faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi manbalari va tartibi saqlab qolingan holda SSV tuzilmasiga o‘tkaziladi.

2027 yil 1 yanvardan SSV tarkibidan chiqadi va mustaqil jamg‘arma sifatida faoliyat yuritadi.

Jamg‘arma kuzatuv kengashi tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun jalb qilinadigan yetkazib beruvchilar (davlat va nodavlat)ni, xarid qilinadigan tibbiy yordamlar hajmini mustaqil belgilaydi va o‘z byudjetini shakllantiradi.

Ma’lumot o‘rnida, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yildan boshlab O‘zbekistonda ham majburiy tibbiy sug‘urta tizimini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

tibbiy sug'urta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing