O‘zbekistonda diniy ta’lim muassasasi bittaga ko‘paydi
Jamiyat
−
10 iyun 2020
9758O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy ta’lim muassasalari yana bittaga ko‘paydi. Bu haqda Adliya vazirligining Matbuot xizmati xabar berdi.
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ro‘yxatga olindi. Shu bilan diniy idora tizimidagi o‘rta maxsus madrasalar soni o‘ntaga yetdi.
Joriy yilda ushbu madrasaga ham talabalar qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.
LiveBarchasi