O‘zbekiston jamoasining Olimpiada litsenziyalari soni yana ikkitaga ko‘paydi

Sport

image

Xitoyning Tayyan shahrida davom etayotgan taekvondo WT bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun Osiyo litsenzion turnirida o‘zbekistonlik Jasurbek Jaysunov kerakli natijani qayd etib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jaysunov (-80 kg) o‘zining yarim final jangini o‘tkazdi. Iroqlik Sayf Tohir Habibga qarshi kechgan jangda Jaysunov osonlik bilan 2:0 (16:2, 2:0) hisobida zafar quchdi.

Ayollar o‘rtasida Ozoda Sobirjonova (-67 kg) ham yarim final jangini o‘tkazdi. U vetnamlik Ti Kem Bakka qarshi kechgan bahsda kambek amalga oshirib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Hozirga kelib taekvondochilardan Jaysunov va Sobirjonovadan tashqari Ulug‘bek Rashidov va Svetlana Osipova ham Olimpiada yo‘llanmasini naqd qilib ulgurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Jasurbek Jaysunov Ozoda Sobirjonova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing