O‘zbekiston pasportlar reytingida 81-o‘rinni egalladi

Olam

image

“Henley & Partners” kompaniyasi o‘zining dunyo mamlakatlari aholsining davlatlar bo‘ylab harakatlanish erkinligini ko‘rsatuvchi pasportlar reytingini yangiladi.

Birinchi o‘rinni Yaponiya va Singapur o‘zida saqlab qola olgan. Faqat bu safar Janubiy Koreya ham ularning yoniga qo‘shilgan. Bu davlatlar fuqarolari 189 mamlakatga vizasiz borishi mumkin.

Ikkinchi o‘rinni fuqarolari 188 mamlakatga vizasiz chiqishi mumkin bo‘lgan Germaniya egallagan. Uchinchi o‘rinni Daniya, Finlyandiya, Fransiya, Italiya va Shvetsiya (187 mamlakat) o‘zaro bo‘lib olgan.

Shuningdek, kuchli o‘ntalikka Ispaniya, Lyuksemburg (4-o‘rin, 186 mamlakat), Avstriya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Shveysariya (5-o‘rin, 186 mamlakat), AQSH, Gretsiya, Kanada (6-o‘rin, 184 mamlakat), Malta (8-o‘rin, 182 mamlakat), Latviya, Litva (10-o‘rin, 180 mamlakat) kirgan.

O‘zbekiston reytingda o‘tgan yildagiga qaraganda bir pog‘ona pastlab, 81-o‘rinni egalladi. Mamlakat fuqarolari 81 davlatga vizasiz chiqishi mumkin.

Ukraina MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega (40-o‘rin, 128 mamlakat), undan keyin Moldova (45-o‘rin, 121ta mamlakat) va Rossiya (47-o‘rin, 118 mamlakat) bormoqda. Markaziy Osiyoda Qozog‘iston eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi (65-o‘rin, 76 mamlakat).

Afg‘oniston va Iroq reytingda so‘nggi 104-o‘rinda qolyapti. Ushbu davlatlar fuqarolari 30 mamlakatga vizasiz chiqishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing