O‘zbekiston OTMlarini xalqaro reytingga kiritish uchun ikkita kelishuv imzolandi

Jamiyat

image

Bugun, 23 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlanish dasturi doirasida QS (Quacquarelli Symonds) xalqaro reyting agentligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingga kirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha strategik bitimlar tuzildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov va QS xalqaro reyting agentligining mintaqaviy direktori Zoya Zayseva tomonidan oliy ta’lim muassasalarining QS bo‘yicha xalqaro universitetlar reytingiga kirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bitim imzolandi.

Kelishuv doirasida Intelligence Unit QS xalqaro reyting agentlikning ochiq va ichki ma’lumotlaridan foydalangan holda OTMlarga xalqaro reytingga kirish metodologiyasini ishlab chiqish kabi tashkiliy ishlarda yordam beradi.

Vazirlik va “Elsevier” kompaniyasi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, kompaniyaning Digital Commons (Bepress) loyihasi respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining 41 ta ilmiy jurnallarini o‘zida birlashtirgan noyob platforma  yaratadi.

Hamkorlik samarasini oshirish uchun xalqaro talablar asosida bu kabi platformalar yaratish orqali O‘zbekiston Markaziy Osiyoning ilmiy va ta’lim markazi (xab)ga aylanishida yana bir muhim qadam qo‘yadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM xalqaro reyting

Baholaganlar

30

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made