O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma tibbiy texnologik park ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov va Xitoy Fanlar akademiyasining Shanxay farmakologiya instituti rahbari, professor Jingshan Shen o‘rtasida ahdlashuv bayonnomasi imzolandi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, Xitoyning “TOPHARMAN & VIGONVITA & CADDDC-CAS” konsorsiumi bilan O‘zbekistonda turli dori vositalarining substansiyalarini sintez qilish bo‘yicha yirik texnologik platforma ochishga kelishigan. Bu platformaning yaratilishi soha rivoji, import o‘rnini bosuvchi dori preparatlarini arzon narxlarda iste’molchilarga yetkazib berish, eksport mahsulotlarining sonini oshirishga xizmat qiladi.

Dori preparatlari substansiyalari sintezi bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston-Xitoy tibbiy texnologik parkini Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etish ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Xitoy

Baholaganlar

6

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing