O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi Otabek Imamov ayni kunlarda Turkiyada bo‘lib turibdi

Sport

image

O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi Otabek Imamov ayni kunlarda Turkiyada bo‘lib turibdi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad ikki mamlakat federatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashdan iborat.

Bugun O.Imamov Turkiya o‘qchilar vaqfi vitse-prezidenti Mehmet Fatih Kalender bilan uchrashib, bir qator istiqbolli mavzular yuzasidan muzokara olib bordi. Unda ikki terma jamoa vakillari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini yanada ko‘proq o‘tkazish, tajriba almashish borasida ijobiy kelishuv amalga oshdi. Suhbat yakunida O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi Turkiya o‘qchilar vaqfi vitse-prezidenti Mehmet Fatih Kalenderga federatsiyaning esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda ushbu sport turi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari o‘quv-yig‘in mashg‘ulotini yakunlashdi va Antalya shahrida start olgan xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun shay bo‘lib turishibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

6

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing