O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari Farg‘onada uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 6 may kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari – Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev, Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik rahbari Saymo‘min Yatimov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida tomonlar ochiq va ishonchli tarzda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid barcha muammolar to‘plamini atroflicha muhokama qilgan.

Terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi, noqonuniy migratsiya, kontrabanda va transchegaraviy xarakterdagi boshqa tahdidlarga qarshi kurashish kabi dolzarb sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.

Shuningdek, tomonlar chegaradosh hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga to‘xtalib o‘tgan.

Muloqot chog‘ida Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegaralarini delimitatsiya qilish bilan bog‘liq kun tartibidagi masalalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasidagi chegaralarni demarkatsiya qilish masalalari konstruktiv tarzda ko‘rib chiqilgan.

“Uchrashuv ishtirokchilari qirg‘iz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va o‘zbek-qirg‘iz davlat chegaralarini demarkatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi va tomonlarning o‘zaro manfaatlarini hisobga olgan holda ushbu masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab oldi”, deyiladi O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati xabarida.

Muzokaralar yakunida Qirg‘iziston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi a’zolariga chegaraning qolgan uchastkalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, tegishli ikki tomonlama shartnomani tayyorlash va imzolash bo‘yicha aniq topshiriqlar berilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made