O‘zbekiston Isroilning Eron konsulligiga hujumini keskin qoraladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Isroilning Suriya poytaxti Damashqdagi Eron konsulligi binosiga uyushtirgan havo hujumini keskin qoraladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov bayonot berdi.

“Bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralaymiz”, deydi TIV vakili.

U O‘zbekiston xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asoslari va tamoyillarini eng qo‘pol ravishda buzilishi deb hisoblashini bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eronning Damashqdagi elchisi Husayn Akbariy uning mamlakati Isroilga "tez, to‘g‘ridan to‘g‘ri va qat’iy" javob qaytarishini aytgandi. U Isroil F-35 qiruvchi samolyotlari yordamida Eron konsulligi binosiga 6 marta raketa hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi hujum oqibatida ikki general halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bular brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy va brigada generali Muhammad Hodi Haj Rahimiydir. Shuningdek, tashkilotning 5 nafar xodimi Husayn Emanullohiy, Mehdi Jaloletiy, Mohsin Sadoqat, Ali Og‘a Boboiy va Ali Solihi Ruzbekxoniy ham havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan. Bundan tashqari, qurbonlar orasida uch nafari suriyalik, yana biri livanlik ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya O'zbekiston Eron Isroil Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made