O‘zbekiston ertadan 5 ta mamlakat bilan doimiy parvozlarni tiklayapti

Jamiyat

image

"Uzbekistan Airways" AJ muntazam xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklayotgani haqida xabar qildi. Unga ko‘ra, ertaga, 4 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni muntazam ravishda qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 

Toshkent-Dubay-Toshkent - haftada bir marta 4 sentyabrdan juma kunlari; 

Toshkent-Frankfurt-Toshkent - haftada bir marta 10 sentyabrdan payshanba kunlari; 

Toshkent-Olmaota-Toshkent - haftada bir marta 11 sentyabrdan juma kunlari; 

Toshkent-Bishkek-Toshkent - haftada bir marta 14 sentyabrdan dushanba kunlari; 

Toshkent-Istanbul-Toshkent - 4, 7, 11, 14, 16, 18, 21, 23, 24, 25, 28 va 30 sentyabr. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 1 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, Koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik yo‘riqnoma tasdiqlandi. 

Mazkur vaqtinchalik yo‘riqnoma 2020 yil 1 sentyabrdan e’tiboran kuchga kirishi hamda mazkur yo‘riqnoma kuchga kirgandan so‘ng xorijdagi fuqarolarni to‘lov asosida mehmonxonaga karantinga joylashtirish sharti bilan charter qatnovlarini tashkil etish bo‘yicha turoperatorlar hamda aviakompaniyalarga ruxsatnomalar berish amaliyoti to‘xtatilishi, shu bilan birga avval berilgan ruxsatnomalar 2020 yil 1 oktyabrga qadar amal qilishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, qo‘shni davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan va respublikaga vaqtinchalik olib kirilgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishiga ruxsat berildi hamda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida boshqa xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini qaytarib olib chiqish muddati 2020 yil 1 noyabrga qadar uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

815

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made