“Uzbek Tigers”ning WSB'dagi ishtiroki bo‘yicha AIBA vakili bilan muzokara o‘tkazildi

Sport

image

Avvalroq, WSB turnirining IX mavsumi joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi, “Uzbek Tigers” mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edik. 

Kecha, 27 fevral kuni “Uzbek Tigers”ning mazkur turnirdagi ishtiroki yuzasidan Milliy OLimpiya qo‘mitasida AIBA vakili Karim Buzidi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov musobaqaning yangi mavsumidagi tizim, tashkiliy masalalar yuzasidan Karim Buzidi bilan fikr almashgan. 

AIBA’dan tashrif buyurgan mas’ul yangi tizim haqida ma’lumot bergan. Unga ko‘ra, WSB’ning ushbu mavsumi 8 ta vazn toifasida tashkil etiladi. Har bir vaznda ikki nafar bokschi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, u suhbat davomida O‘zbekiston bokschilarining imkoniyatlari katta ekani, o‘zbek boksi maktabi haqida iliq fikrlarini bildirgan. O‘zbekiston haqiqiy boks mamlakati ekanini aytib, bu mamlakatda WSB’ning O‘zbekiston bosqichini tashkil etish imkoniyatini yaratib berishi haqida gapirdi. Ayni paytda bunday musobaqa Kuba va Venesuelada tashkil qilinadi. Tomonlar uchrashuv chog‘ida ushbu musobaqaning O‘zbekiston bosqichini ham tashkil etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston boks federatsiyasi rahbariyati nomidan federatsiya bosh menejeri Abdulloh Sagdiyev ham ishtirok etgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Uzbek Tigers WSB

Baholaganlar

7

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing