O‘zbek futbolchisi OCHL tarixidagi eng chiroyli gol muallifiga aylanishi mumkin

Sport

rhalaagopoo8ukanea64

Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti Osiyo chempionlar ligasi tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash bo‘yicha o‘z saytida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Ushbu so‘rovnomada o‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboyevning “Lokomotiv” tarkibida “Al-Vahda” darvozasiga kiritgan goli yarim finalga chiqib, ushbu bosqichda Saud Haririning “Al-Ittihod” – “Al-Vahda” o‘yinida kiritgan goli bilan bellashayotgandi. Aliboyevning goli raqibiga qaraganda ko‘proq ovoz to‘plab, finalga yo‘l oldi. Endilikda Aliboyevning goli muxlislar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “OCHL tarixidagi eng chiroyli gol” nominatsiyasida g‘alaba qozonish uchun eronlik Andranik Teymuryan bilan bahslashmoqda.

Quyidagi HAVOLA orqali futbolchi Ikrom Aliboyevning goliga ovoz berishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

OChL OFK Ikrom Aliboev

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made