O‘zbek bokschisi profi ringdagi ilk jangiga qanday libosda chiqishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, o‘zbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda debyut jangini o‘tkazadi.

Rio Olimpiadasi qahramonlaridan biri profi ringdagi ilk jangiga quyidagi libosda chiqib keladi.

Zoirov “MTK” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. Uning debyut jangdagi raqibi indoneziyalik Entoni Xolt bo‘ladi. Mazkur bahsi BAAda tashkil qilinadi.

Ma’lumot uchun, Xolt shu paytgacha 10 ta jang o‘tkazgan va ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, uning hisobida 4 mag‘lubiyat va 1 durang ham bor.

Kecha jangdan avval matbuot anjumani va vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Unda Shahobiddin 54,88 kg, uning raqibi esa 54,38 kg vaznda, deya qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

professional boks Shahobiddin Zoirov

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing