“UzAuto Motors” kompaniyasi Prezident topshirig‘ini bajardi va yangi ishlab chiqarish rekordini o‘rnatdi

Biznes

image

“UzAuto Motors” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘ini bajarib, 2022 yilning birinchi yarim yilligida 160 000 dona avtomobil ishlab chiqardi. 

Kompaniya o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon, birinchi marta birinchi yarim yillikda zavodda 160 000 dona avtomobil ishlab chiqardi. Shunday qilib, korxona mehnat jamoasi Prezident topshirig‘ini bajaribgina qolmay, ishlab chiqarishning yangi rekordini o‘rnatdi. 

Yangi ishlab chiqarish rekordi sharafiga yig‘ish sexida 160 000-avtomobilning chiqishiga tantanali tadbir tashkil etildi.

Korxona rahbarlari o‘z chiqish so‘zlarida yig‘ilgan xodimlarni jamoaning erishgan g‘alabasi bilan samimiy tabriklashdi.

"UzAuto Motors" AJ bosh direktori Bo Anderson mamlakat Prezidenti tomonidan jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishda qo‘shgan hissasi uchun barcha xodimlarga o‘z minnatdorligini bildirdi. Shuningdek, Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobil modellarini kutish muddatini qisqartirilgani hamda kompaniyaning eng yaqin orada maqsadi, Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari ishlab chiqarilishini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish ekanini ma’lum qildi. 

Ishlab chiqarish va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha boshqaruvchi direktor Iqbol Jo‘rayev barcha xodimlarga mehnatsevarligi, qat’iyati va sabr-toqati uchun minnatdorlik bildirdi.

Xorazm filiali boshqaruvchi direktori Sobir Jumaniyozov barchani a’lo natija bilan tabrikladi, xodimlarni boshqarish direksiyasi direktori Ilhom Tairov esa, kompaniya bunday yuqori natijalarga butun jamoaning sa’y-harakati, birdamlik va hamjihatlik bilan qilgan mehnati hamda yuqori darajadagi tashkilotchiligi sabab erishganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Kompaniya kasaba uyushmasi raisi O‘ktam Mirzayev “160 000 – bu kimlardir uchun shunchaki raqam bo‘lishi mumkin. Ammo faqat bizning xodimlarimiz ushbu raqamlar ortida qanday investitsiya, qanday mashaqqat va qanday mehnat borligini bilashadi”, deya gapirib o‘tdi.

Shuningdek, o‘z ishini yaxshi ko‘rsatkichlar bilan qayd etgan xodimlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Tadbirdan so‘ng, butun jamoa uchun bayramona tushlik dasturxoni tashkil etildi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

262

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing