Tibbiy yordamga muhtoj bemorning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

image

Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida bemor tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan va tibbiy yordam olayotgan paytda, uning qanday huquqlari kafolatlangani haqida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bemor tibbiy yordamga muhtoj vaqtida quyidagi huquqlarga ega hisoblanadi:

•    shifokorni va shifoxonani tanlash;
•    sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan o‘tish, davolanish va parvarish qilinish;
•    o‘z iltimosiga ko‘ra boshqa mutaxassislardan maslahatlar olish; 
•    tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, qo‘yilgan tashxis to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda uni tekshirish va davolash chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar sir saqlanishi;
•    tibbiy aralashuvga o‘z ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish.


Maqola muallifi

Teglar

Huquqiy axborot

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing