Urushning 797 kuni: Odessada yongan “Garri Potter qal’asi” (fotoreportaj)

Tahlil

BW0YknQVl37ZJRDtrkiK5Q

29 aprel kuni Rossiya samolyotlari Xarkovga bir nechta boshqariladigan havo bombalarini tashladi. Shaharning o‘zidan tashqari, Xarkov viloyatining aholi punktlariga kamida beshta bomba tushdi. Portlash oqibatida kamida bitta ko‘p qavatli bino qisman zarar ko‘rgani xabar qilingan.

Xarkov viloyati rahbari Oleg Sinegubovning aniqlik kiritishicha, portlashda 42 yoshli erkak yaralangan. Shuningdek, yana bir fuqaro jarohatlangan.  

30 aprel kuni havo hujumlari takrorlandi – bu safar Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, 24 yoshli bir yigit halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi jarohatlangan.

Zarbalar davom etdi va 1 may kuni 26 yoshli yigit halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralandi. 

Bundan tashqari, 1 may, chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning Odessaga hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. 

Quyidagi rasmlar orqali urushning oqibatlarini tasvirlashga harakat qildik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made