Qamoqxona xodimi o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan ayolni qutqarib qoldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 aprel kuni soat 20:10 larda Samarqand viloyati IIB 7 son tergov hibsxonasi nazoratchisi Kattaqo‘rg‘on shahridan oqib o‘tuvchi Narpay kanalining piyodalar o‘tish ko‘prigi ustida ayol kishining baland ovozda “jonimdan tuydim”, degan ovozini eshitib qolib, bu haqda qorovullar boshlig‘iga xabar beradi.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qorovullar boshlig‘i ko‘prik ustidan o‘zini Narpay kanaliga tashlamoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatib qoldi.

Shundan so‘ng xizmatdagi zobitlar tomonidan ushbu shaxs bilan profilaktik suhbat olib borildi. 

Suhbat jarayonida ayol Kattaqo‘rg‘on shahrida yashashi, oilaviy kelishmovchilik sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganligini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'lim IIB

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing