Quronboyev Moliya vazirligi Mirziyoyevning takliflarini qanday rad etganini aytib berdi

Intervyu

image

Ayni kunlarda Toshkentdagi “Yoshlik” talabalar shaharchasida juda katta bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yo‘llar kengaytirilib, asfalt yotqizilyapti, avtomobillar uchun maydoncha hozirlanyapti. Abu Rayhon Beruniy haykali "Beruniy" metro bekati tarafga ko‘chirildi. 

Bu hududda so‘nggi bor bunyodkorlik ishlari olib borilganiga oxori to‘kilgan, yaroqsiz holga kelib qolgan yotoqxonalar durust holatga keltirilganiga 10 yildan oshdi. O‘shanda ham bu ishlarga Shavkat Mirziyoyev boshchilik qilgan edi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev o‘sha davrlarni yaxshi eslaydi. Boisi u bir vaqtlar O‘zbekiston Milliy universitetida faoliyat olib borgan. Quronboyev ko‘rganlari haqida gapirarkan, Moliya vazirligining sobiq korchalonlari o‘sha vaqtdagi Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning takliflarini qo‘llab-quvvatlamagani, shaharchadagi ahvolni yaxshilash uchun pul ajratmaganini aytadi. 

“Bundan o‘n besh yil avvalgi “Yoshlik” talabalar shaharchasidagi qoniqarsiz ahvolni kechagidek juda yaxshi eslayman. 2005 yilda, o‘sha vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimida faoliyat olib borgan Shavkat Mirziyoyev mazkur shaharchaga kelib, ahvolni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. Farzandlarimizning yashash sharoiti, ta’lim olishi uchun yaratilgan holat bilan tanishdi. Talabalar turarjoylari, yuvinish xonalari, hatto yerto‘lalarigacha tushib ko‘rdi-da, juda xafa bo‘ldi”, deb gap boshlaydi Quronboyev "Xalq so‘zi"ga bergan intervyusida. 

Qahramon Quronboyevga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning o‘sha vaqtdagi takliflari Moliya vazirligi tarafida pul yo‘qligi vaji bilan qaytarilgan. 

“Bolalarimiz qanday qilib bunday holatda yashayapti? Shuncha pul topsak, shuncha oltinimiz, paxtamiz bo‘lsa, nega farzandlarimiz bunaqa xarob holatda yashashi kerak?” deya nihoyatda qattiq kuyingan edi. Shundan so‘ng vaziyatni o‘nglash maqsadida davlat rahbariga taklif kiritadi. Ammo Moliya vazirligi tomonidan mablag‘ yo‘qligi vaj qilinib, rad etiladi.

Tabiatan kuyinchak, ayniqsa, yoshlar taqdiriga beparvo munosabatga jim qarab turolmaydigan Shavkat Mirziyoyev shashtidan qaytmadi. Bu og‘riqli masalani hal etishning boshqa yo‘llarini izlay boshladi. Shaharchaga barcha davlat idoralari va yirik korxonalar rahbarlarini taklif qilib, mavjud ahvol bilan tanishtirdi. Yig‘ilishda ishtirok etganlarning ko‘pchiligi qurilish va ta’mirlash ishlari uchun imkon doirasida homiylik mablag‘larini ajratishga tayyor ekanini bildirdi.

Har qanday murakkab vaziyatda ham uzoqni ko‘zlab, oqilona qaror qabul qila oladigan bir shaxsning tashabbusi bilan mana shunday murakkab muammoga yechim topilgandi o‘shanda. Bu nafaqat yoshlar, balki ular timsolida butun xalqimizni rozi qilish yo‘lidagi jasoratli qadam edi”, deydi Qahramon Quronboyev. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Qahramon Quronboev

Baholaganlar

470

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing