“O‘rikzor” bozorini nega suv bosgani ma’lum bo‘ldi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 13 iyun kuni Toshkentning “O‘rikzor” bozori ostidan o‘tgan issiq suv quvuri yorilishi oqibatida savdo majmuasi savdo pavilonlarini suv bosdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova voqea joyidan xabar bermoqda.

Hozirda voqea joyida Favqudda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishlamoqda. Hodisa oqibatida fuqarolarga zarar yetmagan.

“Hodisa soat 11:50 da sodir bo‘ldi. Bir yilda ikki marta quvurlarni yuqori bosimda tekshiramiz. Bosim 7,8 darajaga chiqqanda qaytish quvuri yorilib ketdi”, deydi QALAMPIR.UZ jurnalisti bilan suhbatlashgan “Toshissiqquvvati” DUK Uchtepa tumani bo‘limi bosh muhandisi Umid Sultonmurodov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu hududdagi quvurlar so‘nggi marta joriy yilning mart oyida tekshirilgan.

Ta’kidlanishicha, “O‘rikzor” bozori ostidan o‘tgan quvurlar o‘rnatilganiga 30 yil o‘tgan. Ularning ishlatish muddati esa 15 yil.

Umid Sultonmurodovning aytishicha, bozorni suv bosib, tovarlarga zarar yetgani uchun “Toshissiqquvvati” DUK javob bermaydi. Negaki, tekshiruv o‘tkazilishidan oldin bozor ma’muriyati ogohlantirilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

O'rikzor

Baholaganlar

316

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made