Yer yuzidagi eng keksa erkak maqomi boshqa odamga o‘tdi

Bu qiziq

image

Britaniyalik Robert Ueyton dunyodagi eng keksa erkak, deb tan olindi. Bu haqda “Ginnesning rekordar kitobi” rasmiy saytida ma’lum qilindi.

U joriy yilning 29 mart kuni 112 yoshini qarshiladi

Ueyton bolaligida tepki, qizamiq va ko‘k yo‘taldan aziyat chekkan. “Ispaniyalik” epidemiyasi davrida yashagan va ikkita jahon urushidan omon qoldi. U Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tishdan oldin Kanada va Tayvanda yashagan. Erkak bir necha bor jarrohlik stoliga yotgan.

Ma’lumoti bo‘yicha u muhandis. Ikkinchi Jahon urushi paytida Britaniya imperiyasi uchun samolyotlar ishlab chiqaradigan zavodda ishlagan. Endi u o‘yinchoq tegirmonlar yasaydi, ularni 50 dollarga sotadi va xayriya ishlariga sarflaydi.

Yer yuzidagi eng keksa erkak maqomi Ueytonga yaponiyalik Titetsu Vatanabedan o‘tdi. Yaponiyalik joriy yilning 23 fevral kuni vafot etgan edi. U 112 yilu 355 kun yashagan.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda Yer yuzidagi eng keksa odam yaponiyalik 116 yashar ayol Kane Tanaka bo‘p turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ginnesning rekordar kitobi

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar