“Humo arena”da “Olimpiya kuni” tantanalari bo‘lib o‘tdi

Sport

image

Toshkent shahrida joylashgan “Humo arena”da “Olimpiya kuni” katta shodiyona bilan nishonlandi. Aytish mumkinki, bu bayram barcha sport ixlosmandlarini, federatsiya va assotsiatsiya vakillarini, qalbi jo‘shqin yoshlarni o‘zida birlashtira oldi. “Humo arena” atrofida mehmonlar uchun barcha sport turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Dastur avvalida boshlovchilar uzoq va yaqin o‘tmishdagi va zamonimiz sporti afsonalarini taklif etib, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadosi ostida tadbirning ochilish marosimi boshlandi. Shundan so‘ng muxlislarga “Olimpiya kuni” haqida yana bir bor ma’lumot berilib, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning bayram tabrigi eshittirildi.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvoxidov, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda sportga qaratilayotgan e’tibor, sportchilarning xalqaro maydonda qayd etayotgan yuqori natijalari, jismoniy tarbiya va sportning hayotimizdagi ahamiyati haqida to‘xtaldilar va sportchilarga bo‘lajak Olimpiada yo‘lida ulkan zafarlar tilab qolishdi.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ Humo arena Xalqaro Olimpiya kuni

Baholaganlar

15

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing