Universiadada sovrindor bo‘lgan taekvondochi qizlar O‘zbekiston tarixiga kirdi 

Sport

image

Kecha, 4 avgust kuni Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Chendu-2021 XXXI Butunjahon yozgi Universiadasi doirasidagi taekvondo WT bahslari yakunlandi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston taekvondo WT terma jamoasi ham ishtirok etdi. Aytish joiz, ular musobaqadagi ishtiroki davomida O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Bungacha o‘tkazilgan musobaqalarda o‘zbekistonlik taekvondochilar jami 2 ta medalga ega chiqqan edi. 

Bu yilgi musobaqaning o‘zida esa O‘zbekiston vakillari 5 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, mamlakat tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Ular:

• Amirbek To‘rayev (kumush);
• Omonjon Otajonov (kumush);
• Shuhrat Salayev (kumush);
• Feruza Sodiqova (kumush);
• Ayollar termasi jamoaviy bahslarida: Mannopova, Mirabzalova, Sodiqova hamda Sobirjonova (kumush);
• Najmiddin Qosimhojiyev (bronza);
• Svetlana Osipova (bronza).

Hozirda O‘zbekiston hisobida 8 ta kumush hamda 4 ta bronza medal mavjud va bu natija bilan mamlakat delegatsiyasi medallar jamg‘arish bo‘yicha ayni damda 120 ta davlat ichida 28-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, Universiada o‘yinlari 8 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi Universiadada O‘zbekiston delegatsiyasi taekvondo WT, dzyudo, ushu, gimnastika, tennis, qilichbozlik va yengil atletika sport turlarida 77 nafar atlet bilan ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Universiada taekvondo WT Chendu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made