Valyutafurush Bosh prokuratura xodimini gaz bilan jarohatladi
Jamiyat
−
06 dekabr 2019
6559O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. (1981 y.t.) qonunga xilof ravishda jami 4200 AQSH dollarini 40,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. departament xodimi M.A.ning qo‘z sohasiga gaz balloncha bilan gaz sepib, unga tan jarohati yetkazib, hodisa joyida yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 5 dekabr kuni Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi