O‘marilgan pullar hisobidan uy va Malibu sotib olgan mansabdor ushlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatida bank kassasidan 1,5 mlrd so‘mni o‘marib, uy va mashina sotib olgan ofis boshlig‘i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida hududiy tijorat bankining Yangiqo‘rg‘on bank xizmatlari ofisi boshlig‘i D.Sh. kassa xodimlari M.A. va O.T.ga filial kassasidagi 1,5  mlrd so‘mni go‘yoki Buvayda bank xizmatlari markaziga madad puli sifatida yuborishini aytib, ushbu pullarni hech qanday hujjatsiz olib ketgan. 

Bundan tashqari, ushbu noqonuniy o‘zlashtirilgan pullar hisobidan Chust tumani, “Guliston” MFY hududida qurilgan ko‘p qavatli uydan 3 xonali kvartirani hamda Malibu rusumli avtotransport vositasini xarid qilgani aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Sadoqat Hamrayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Namangan O'marilgan pullar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made