Jizzaxdagi portlash tafsilotlari ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq joriy yilning 16 yanvar kuni Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, “Yangihayot” mahallasida joylashgan “gaz zapravkasi”da sodir bo‘lgan portlash haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ushbu hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Gaz manbai” MCHJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasida propan gaz saqlanayotgan sisterna yonida, ushbu MCHJda operator bo‘lib ishlagan 40 yoshli Sh.A. temirlarni kesish moslamasi(bolgarka) bilan ishlagan. Oqibatda 2,5 tonna suyultirilgan gaz saqlanayotgan sisterna portlagan.

Natijada fuqaro 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, MCHJ direktori 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Portlash

Baholaganlar

126

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing