AQSHdagi otishma, to‘xtatilgan Umra ziyorati, mag‘lub bo‘lgan “Real” – 26 fevral tunggi voqealari

Jamiyat

image

Jahon yangiliklari

AQSH. Qo‘shma Shtatlarning Miluoki shahrida bo‘lgan otishmada olti kishi, jumladan, otishma sodir etgan shaxs ham halok bo‘ldi. Politsiya 51 yoshli gumondorni aniqlagan, ammo u allaqachon nobud bo‘lgan edi. Bundan tashqari, yana 5 kishining jasadi topilgan. Voqea pivo ishlab chiqaradigan Molson Coors kompaniyasi korxonalaridan birida sodir bo‘lgan. 

Saudiya Arabistoni. Hukumat xorijliklar uchun mamlakatga umra ibodati va Muhammad salollohu alayhi vasallamning Madinadagi masjidlariga ziyorat uchun kelishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bundan tashqari, koronavirus aniqlangan mamlakat fuqarolariga viza berish ham to‘xtatilishi ham ma’lum bo‘ldi.

Ruminiya. Mamlakat SSV davlat kotibi Xoratsiu Moldovanning ma’lum qilishicha, 26 fevral tunida mamlakatda ilk koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Fuqaro Italiyadan kelganligi aniqlangan. Unda virus aniqlangangunga qadar, karantinda saqlangan.

Suriya. Mamlakat armiyasi Idlib janubidagi bir qancha aholi punktlarini terrorchilardan ozod qildi. Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, Sfuxen, Kafr-Musa, Fuleyfil, Kaukaba va Kafr-Uveyd qishloqlari jangarilardan tozalangan.

Buyuk Britaniya. G‘arbiy aviatsiya manbalari xabar berishicha, Britaniya Qirollik havo kuchlarining navbatchilik bilan shug‘ullanadigan Typhoon ("Tayfun") samolyoti 26 fevral kuni Rossiyaning strategik bombardimonchisi Tu-95’ni qarshi olish uchun Lossimut aviabazasidan havoga ko‘tarildi. Uzoq davom etgan patruldan so‘ng, britan samolyotlari rus bombardimonchilarining uchishini kutmasdan o‘z bazalariga qaytishgan.

O‘zbekiston xabarlari

Samarqand shahrida Avstriya Respublikasi va Samarqand viloyati ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning iqtisodiy salohiyati, mavjud resurslar to‘g‘risidagi taqdimot namoyish etildi. Shundan so‘ng, Avstriyadan kelgan 30 dan ortiq kompaniya vakillari qurilish, turizm, neft-kimyo, go‘sht va sutni qayta ishlash, temir yo‘l, isitish va sovutish tizimlari, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar tayyorlash, qog‘oz ishlab chiqarish, gidroelektr stansiyalari uchun uskunalar, kanalizatsiya va chiqindilarni tozalash va qayta ishlash, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish uchun o‘z xizmatlarini taklif etdi.

2015-2019 yillar oralig‘ida O‘zbekistondagi mehribonlik uylari va bolalar shaharchalarida jami 1112 nafar bitiruvchi o‘qishni tamomlagani ma’lum qilindi. Shulardan, 449 nafar uy-joy bilan ta’minlangan, 481 nafari ishlik bo‘lgan, 86 nafari OTMga o‘qishga kirgan, 51 nafari ishlash uchun xorijga ketgan va 45 nafar bola tarbiyasi bilan band.

O‘zbekistonda 2020 yilda avtomobil import qilish hajmi keskin qisqargani ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, 2020 yilning yanvar oyida Respublikaga import qilingan avtomobillarning qiymati 25,5 million dollarni tashkil qilgan. Bu 2019 yil yanvar oyidagiga qaraganda 28,4 million dollarga kamroqni tashkil etgan.

Futbol. Chempionlar ligasi

26 fevral kuni Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan dastlabki bahslar yakunlandi. “Real” o‘z uyida Angliyaning “Manchester Siti” jamoasini qabul qildi. Murosasiz kechgan uchrashuvda madridliklar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.
Ikkinchi uchrashuvda esa Italiyaning “Yuventus”i esa Fransiyada “Lion”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi – 1:0.

Yevropa ligasi

Musobqaning dastlabki nimchorak finalchisi nomi ma’lum bo‘ldi. Portugaliyaning “Braga” jamoasi maydonida mehmon bo‘lgan Shotlandiyaning “Reynjers” klubi Kent tomonidan urilgan yagona gol hisobiga g‘alaba qozondi – 0:1.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing