Ukraina Qrimga AQSH raketalari bilan hujum qildi

Olam

image

Ukraina qo‘shinlari Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimni AQSHdan harbiy yordam sifatida olingan uzoq masofali ATACMS raketalari bilan o‘qqa tutdi. Bu haqda kecha, 30 aprel kuni Rossiya Mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bildirilishicha, Rossiya havo mudofaa tizimlari bir kun ichida oltita ATACMS raketasini urib tushirganini ma’lum qildi. Anneksiya qilingan Qrimning Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari Sergey Aksenov Simferopol yaqinidagi Donskoye qishlog‘ida “ATACMS raketalari urib tushirilgandan so‘ng, portlamagan o‘q-dorilar qulab tushganini” ma’lum qildi.

ASTRA Telegram-kanali Qrim Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi manbaga tayanib, Jankoy harbiy aerodromiga raketa zarbalari berilgani, hujum oqibatida besh nafar rossiyalik harbiy jarohatlangani haqida yozmoqda. Bundan tashqari, ATACMS uchta harbiy havo mudofaa bo‘linmalariga - Donskoye qishlog‘ida, shuningdek, Saki va Qora dengiz mintaqalarida hujum qilgan. Kamida to‘rt nafar harbiy xizmatchi yaralangani ma’lum.

Jankoy aerodromiga va Rossiya Federatsiyasining uchta harbiy bo‘linmalariga hujumlar haqida boshqa hech qanday tasdiq yo‘q.

Avvalroq AQSH Ukraina hududida foydalanish uchun Ukrainaga qisqa va uzoq masofaga mo‘ljallangan ATACMS raketalarini yetkazib bergani ma’lum bo‘lgan edi. Avvaliga bir qator Amerika ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan so‘nggi haftalardagi maxfiy yetkazib berish haqidagi ma’lumotni Davlat departamenti matbuot kotibi Vedant Patel tasdiqladi.

“AQSH Ukrainaga Prezidentning bevosita buyrug‘i bilan uzoq masofaga uchuvchi ATACMS raketalarini yetkazib berganini tasdiqlay olaman”, degan u 24 aprel kuni jurnalistlarga.

Uning aytishicha, raketalar mart oyidagi yordam paketining bir qismi bo‘lgan va aprel oyida Ukrainaga yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Qrim ATACMS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made