Samarqandda o‘lasi qilib kaltaklangan 27 yoshli yigit vafot etdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida vahshiy qotillik yuz berdi. 24 yoshli yigit o‘zidan 3 yosh katta tanishini kaltaklashi oqibatida u vafot etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 30 avgust kuni soat 11:00 da Oqdaryo tumanida 24 yoshli O.S. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 27 yoshli Sh.T. bilan o‘zaro avtomashinada yo‘lovchi tashish masalasida janjallashib qolishgan va turli xil nojo‘ya so‘zlar bilan bir-birlarini haqorat qilishgan.

Shundan so‘ng, O.S. tanishi Sh.T. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan nizoni hal qilish maqsadida, shu kuni soat taxminan 18:30 da Sh.T.ning yashash xonadoniga kelib, tumanning “Uklon” qishlog‘ida joylashgan 36-sonli o‘rta ta’lim maktabining futbol maydonida yakkama-yakka urushishga kelishgan. Ushbu sport maydonida, Sh.T.ga uni haqorat qilganligini ro‘kach qilib, bir necha bor qo‘llari bilan Sh.T.ni yuz sohasiga urib, tanasining turli joylariga oyoqlari bilan tepib tan jarohati yetkazgan.

Natijada Sh.T. hushidan ketib yiqilgan, O.S. esa hodisa joyidan ketib qolgan.

Hodisa joyida bo‘lgan Sh.M., Sh.I. va Sh.X. hushidan ketib yiqilgan Sh.T.ni hushiga keltirish maqsadida yuziga suv sepib, uni nafas olishini eshitib, yo‘lda o‘tib ketayotgan Nexia-2 rusumli avtomashinani to‘xtatib, Sh.T.ni tez yordam bo‘limiga olib borishgan, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Sh.T. olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.

RSTEIAM Samarqand filialining tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, Sh.T.ning tanasida ya’ni, yopiq bosh miya jarohati, burun suyagining sinishi, bosh yumshoq to‘qimalari ostiga qon quyilishi, bosh miya pardalari ostiga va to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miyaning lat yeyishi, chap ko‘z oqish pardasiga qon quyilishi aniqlangan bo‘lib, Sh.T. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyati ishi bo‘yicha O.S. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Samarqand

Baholaganlar

1213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made