O‘qishga kiritib qo‘yaman deb, 400 AQSH dollari olgan ayol ushlandi

Jamiyat

image

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi tibbiyot kolleji ARM xodimasi o‘qishga kiritib qo‘yaman deb, fuqarodan 400 AQSH dollari olayotganda qo‘lga tushdi.

A.A. 2009 yil sentyabr oyidan Xatirchi tibbiyot kolleji axborot-resurs markazi xodimasi vazifasida ishlab kelgan. 

U fuqaro S.M. bilan tanishib, Xatirchi tibbiyot kolleji Shartnomaviy ta’lim bo‘limiga o‘qishga kirish niyati borligini aniqlab, o‘zini unga Xatirchi tibbiyot kollejida yuqori mansabda ishlovchi shaxs sifatida ko‘rsatgan. 

Bir nechta nomzodlarni kollej direktori bilan kelishib, Shartnomaviy ta’lim bo‘limiga o‘qishga joylashtirib qo‘yganligi haqidagi yolg‘on ma’lumotlarni aytib, kollej direktoriga 400 AQSH dollarini berishga undagan. 

A.Alimova 2019 yil 16 yanvar kuni 19:50 larda Xatirchi tumani hokimligi binosi yonida undan 400 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Sud jinoyatchi A.Alimovani O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, JKning tegishli moddalarini qo‘llab, JKning 59-moddasi tartibida 1 yilga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qildi va 2 yilu 6 oyga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made