“Demokratiya indeksi”: O‘zbekiston avtoritar davlatlar qatorida qoldi

Olam

image

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqot tashkiloti tomonidan har yili tuzladigan “Demokratiya indeksi”da 157-o‘rinni egalladi.

2019 yil bo‘yicha reytingga jami 165 ta davlat hamda Gonkong va Falastin avtonomiyalari kiritildi. O‘zbekiston bor-yo‘g‘i 2,01 ball to‘pladi va “avtoritar rejim”li davlatlar qatorida qoldi.

Hisobotda O‘zbekistonning natijalarida yaqin yillarda sezilarli o‘zgarishlar kutilmayotgani aytilgan. The Economist Intelligence Unit tadqiqotchilari mamlakatda kelgusi yillarda demokratika rivojida katta o‘zgarishlar bo‘lmasligini taxmin qilib, buni O‘zbekistonda muxolifatning hokimiyatga kelish imkoniyati yo‘qligi bilan izohlagan.

Shuningdek, reytingda Qirg‘iziston 101, Rossiya 134, Qozog‘iston 139, Tojikiston 159, Turkmaniston 162-o‘rinni egallagan.

“Demokratiya indeksi”da birinchi o‘rinni yana Norvegiya (9,87 ball) egallagan. Undan keyin Islandiya (9,58 ball) va Shvetsiya (9,39 ball) joy olgan. Reytingni 1,08 ball bilan Shimoliy Koreya yakunlab bergan.

Ma’lumot uchun, The Economist Intelligence Unit 2006 yildan beri “Demokratiya indeksi”ni e’lon qilib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting demokratiya indeksi

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing