Behzod Musayev soliq imtiyozlari nega bekor qilinganiga javob berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda soliq imtiyozlari sog‘lom raqobat muhitini saqlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun bekor qilindi. Bu haqda Xalqaro press-klub sessiyasida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev aytib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

Musayevning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash uchun ixtiyoriy murojaatlar bo‘lgani uchun shunday yo‘l tutilgan. Yirik yer egalari yirik biznes ob’ektlariga kirib borishida zanjirlar uzilayotgani uchun ularning foydasini ko‘zlab shunday qilingan. Bojxonadagi imtiyozlar ishlab chiqaruvchilarning bozoriga sa’lbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu sababli bojxonadagi imtiyozlar ham bekor qilingan.

Shuningdek, Tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalari yuzasidan muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun moliyaviy jazo qo‘llanilmasligi qayd etildi. Shu kabi buyumlarni yetkazib berish muddati ularning texnik xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda 180 kundan ortiq bo‘lsa ana shunday imkoniyatga ega bo‘ladi.

Endilikda Davlat soliq qo‘mitasi asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalari yuzasidan muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibini belgilash to‘g‘risida takliflar kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat soliq qo'mitasi Behzod Musaev

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing