O‘zbekiston Ukrainaning “qizil ro‘yxati”dan chiqdi

Olam

image

Ukraina davlatlardagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib tuzadigan ro‘yxatini yangiladi. O‘zbekiston bu safar “yashil ro‘yxat”dagi davlatlar qatoriga kiritildi.

O‘zbekiston bilan bir qatorda Chexiya, Belarus, Xorvatiya, Turkiya, Sloveniya, Slovakiya, Litva va Latviya ham “yashil” toifaga kiritildi.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi Polsha, Ruminiya, Gretsiya, Bolgariya, Chernogriyani “qizil ro‘yxat”dagi davlatlar qatoriga kiritdi.

Yangi ro‘yxatga ko‘ra, Ukrainada so‘nggi 14 kunda 100 ming aholining 38,10 tasida koronavirus aniqlangan. Ukraina “yashil” hududga kirgan.

Ukrainaga “qizil” hududdan kelganlar 14 kunlik karantinda qolishi shart.

Avvalroq, Ukraina ayni shu ro‘yxatda O‘zbekistonni “qizil” toifaga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Ukrainada

Baholaganlar

281

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing