Endi bola maktabga borishdan avval “nulevoy”da majburiy o‘qitiladi

Jamiyat

image

2019 yilning 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi 595 sonli Qonuni qabul qilingandi. Uning 6-moddasida shunday deyilgan:

Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.

Bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta’minlanadi.

Shuningdek, qonunning 38-moddasida bolalarning umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga kirguniga qadar umumiy o‘rta ta’limga bir yillik majburiy tayyorgarlik ko‘rishi uchun javobgarlik ularning qonuniy vakillari zimmasiga yuklatiladi, deb ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur Qonun rasman e’lon qilinganidan 6 oy o‘tgach kuchga kirishi belgilab qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made