Turkiyaning O‘zbekistonga qarshi tarkibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 2 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Antaliya shahrida Turkiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 

Bugun Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gyunesh ikkita o‘rtoqlik o‘yini va ikkita rasmiy bahslar uchun chaqirilgan futbolchilar nomini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, Turkiya 30 may kuni Gretsiya bilan, 2 iyun kuni O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 8 iyun kuni Yevro-2020 saralashi doirasida Fransiya va 11 iyunda Islandiya bilan o‘ynaydi.

Gyunesh bo‘lajak o‘yinlar uchun 38 yoshli Emre Belozog‘luni ham chaqirgan. Bundan tashqari ro‘yxatda Jengiz Under, Yunus Malli, Hoqon Chalxonoglu, Burak Yilmaz va Jenk Tosun kabi mashhur futbolchilar ham bor.

Turkiyaning bo‘lajak o‘yinlar uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar: Mert Gyunok ("Bashakshehir"), Gokxan Akkan ("Rizespor"), Sinan Bolat ("Antverpen", Belgiya), Ugurchan Chaqir ("Trabzonspor")

Himoyachilar: Mehmet Chelik ("Lill", Fransiya), Nazim Sangare ("Antalyaspor"), Ozan Muhammad Kabak ("Shtutgart", Germaniya), Chog‘lar Suyuunchi ("Lester", Angliya), Kaan Ayhan ("Fortuna", Germaniya), Merih Demiral ("Sassuolo", Italiya), Jengiz Umut Merash ("Bursaspor"), Emre Toshdemir ("Galatasaroy"), Hasan Ali Kaldirim ("Fenerbaxche")

Yarim himoyachilar: Abdulqodir Omur ("Trabzonspor"), Jengiz Under ("Roma", Italiya), Deniz Turuch ("Qayserispor"), Dorukxon Tokoz ("Beshiktosh"), Efechan Karacha ("Alanyaspor"), Emre Belozog‘lu ("Bashekshehir"), Ifran Jan Qahvechi ("Bashekshahir"), Mahmut Tekdemir ("Bashekshehir"), Og‘uzxon Ozyakup ("Beshiktosh"), Okay Yokushli ("Selta", Ispaniya), Ozan To‘fon ("Alanyaspor"), Yunus Malli ("Volfsburg", Germaniya), Yusuf Yazichi ("Trabzonspor"), Hoqon Chalxonoglu ("Milan", Italiya), Umar Ali Shahiner ("Konyaspor")

Hujumchilar: Burak Yilmaz ("Beshiktosh"), Jenk Tosun ("Everton", Angliya), Enes Unal ("Valyadolid", Ispaniya), Guven Yalchin ("Beshiktosh"), Kenan Karaman ("Fortuna", Germaniya)


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

16

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing