Tramp koronavirus bilan kurashda yana oltita davlatga yordam ko‘rsatmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp olti mamlakat vakillari bilan o‘pkaga sun’iy havo berish apparatlarini yetkazib berish masalasini muhokama qilganini aytdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qo‘shma Shtatlar yetakchisining ma’lum qilishicha, mamlakat strategik zaxirasida 10 ming dona atrofida xuddi ana shunday apparat mavjud.

Uning qo‘shimcha qilishicha, rasmiylar alohida shtatlar zaxirasini to‘ldirishga va boshqa davlatlarga ham yordam berishga tayyor.

Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlari kerakli yordamni, shu jumladan, Eron tomoniga ham ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidlagan. U Eron rasmiylarini mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga kelishib olishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing